Yagona aloqa markazi
1248
  • The new TUCSON Safety key visual

O‘zingizga har tomonlama xavfsizlikni ta’minlang

Ko‘rinmas hududni nazorat qilish (BVM)

Avtomobilni ishonch bilan boshqaring: real vaqt rejimidagi video funksiyasi burilish chirog‘i yo‘nalishiga qarab ko‘rinmas hududlarda to‘siqlar borligini tekshirish imkonini beradi, bu esa harakat yo‘lagini yanada xavfsizroq o‘zgartirishni ta’minlaydi.

Blind-Spot View Monitor(BVM) image

Atrofni ko’rish tizimi(SVM)

Orqaga harakatlanish yoki to‘xtash joyiga kirish paytida qush parvozi balandligidan atrofdagi maydonga to‘liq ko‘z yugurtirib turing.

Surround View Monitor (SVM) image

Orqa o‘rindiqda yo‘lovchilar borligi haqida ogohlantirish (ROA)

Avtomobildan chiqishdan oldin uning ichida hech kim qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun orqa o‘rindiqlarni tekshiring

Rear Occupant Alert (ROA) image

Xavfsiz elektr oyna ko‘targichlar

Ushbu oyna ko‘targichlar to‘siqlarni aniqlaydigan va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida avtomatik tarzda to‘xtaydigan yoki yo‘nalishini o‘zgartiradigan datchiklarga ega.

Safety Power Window image

O‘zingizni ehtimoliy
xatarlardan himoya qiling.

  • Ko‘rinmas hududlarda to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi (BCA)

    Tizim harakatlanish yo‘lagini o‘zgartirishda orqa tomondagi ko‘rinmas hududda joylashgan avtomobil bilan to‘qnashish xavfi mavjud bo‘lsa, ogohlantiradi. Agar parallel to‘xtash joyidan chiqayotganda orqadan yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bilan to‘qnashish xavfi tug‘ilsa, tizim avtomatik ravishda favqulodda tormozlashni ishga tushiradi.

  • Harakatlanish qatorida saqlanib qolish yordamchisi (LKA)

    Haydovchi ma’lum tezlikda harakatlanayotganda burilish chiroqlarini yoqmasdan yondosh yo‘lakka o‘tishni boshlasa, tizim uni bu haqda ogohlantiradi. Tizim avtomobilning o‘z yo’lagidan chiqayotganini aniqlagan zahoti, yo’lakdan chiqib ketishning oldini olish maqsadida rulni avtomatik tarzda to‘g‘rilaydigan funksiya faollashadi.

  • Chorrahadan o‘tishda yordam berish funksiyasiga ega frontal to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi (FCA)

    Ushbu tizim haydovchini oldingi avtomobilning tezligi pasayishi, to‘xtab turgan avtomobillar, piyodalar, velosipedchilar yoki qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari bilan to‘qnashish xavfi haqida ogohlantiradi. To‘qnashuv muqarrar bo‘lgan holatda, tizim avtomatik ravishda tormozlanishni ishga tushiradi. Chapga burilayotganda esa, chorrahada avtomobillar yoki velosipedchilar bilan to‘qnashuvning oldini olish uchun tizim o‘z-o‘zidan tormozlanadi.

  • Harakatlanish yo‘lagida ushlab turish tizimi (LFA)

    Bu funksiya haydovchiga avtomobilni egallab turgan harakat chizig‘ining markazida ushlab turishga yordam beradi.

  • Intellektual kruiz-nazorat (SCC)

    Oldinda ketayotgan avtomobil bilan oradagi masofani saqlashga va haydovchi belgilagan tezlikda harakatlanishga yordam beradi. Oldinda ketayotgan transport vositasi to‘xtab qolsa, u avtomobilni avtomatik ravishda to‘xtatadi va minimal vaqt o‘tgach, uning ortidan harakatni yana avtomatik tarzda boshlaydi.

  • Orqaga harakatlanish vaqtida to‘qnashuvning oldini olish tizimi (PCA)

    Tizim orqaga harakatlanish paytida biror obyekt bilan to‘qnashish xavfi yuzaga kelsa, ogohlantirish beradi. Ogohlantirish berilganidan so‘ng ham to‘qnashuv xavfi saqlanib qolsa yoki kuchaysa, tizim avtomatik tarzda favqulodda tormozlanishni amalga oshiradi.

  • Old, yon va orqa to‘xtash radarlari (PDW)

    Kichik tezlikda harakatlanayotganda, to‘xtash radarlari avtomobil atrofidagi obyektlar bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlar haqida haydovchini ogohlantiradi

 

Hyundai haqida batafsil

Tasvirlar, motor xarakteristikalari va yuqorida keltirilgan maʼlumotlar mintaqadan mintaqaga farq qilishi mumkin. Barcha axborotlar va rasmlar nashr qilish vaqtida mavjud maʼlumotlarga asoslangan va oldindan xabar berishsiz oʻzgartirilishi mumkin. Tafsilotlar uchun hududiy bosh sahifaga kiring yoki dilerga murojaat qiling.