Cookie
Sayt cookie-fayllardan foydalanadi. Saytdan foydalanish orqali siz cookie-fayllardan foydalanishga roziligingizni tasdiqlaysiz. Brauzeringiz sozlamalarini o'zgartirish orqali cookiedan foydalanishni rad etishingiz mumkin.
Choose Your Vehicle Colors
Choose Your Wheel
Balandroq ochiladigan yukxona
SANTA FE odatdagidan yaxshiroq. Keng yukxona bugungi kun haydovchilarining ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan. Keng orqa eshik terassaga o‘xshash maydonni ochadi, bu sizga ochiq havodan bahramand bo‘lish imkonini beradi - qulay va oson.
Shahar hayoti va tabiat qo‘ynida dam olish o‘rtasida mukammal muvozanat.
Yangi SANTA FE har qanday rakursdan ishonchli va zamonaviy ko‘rinadi. U o‘ziga xos H shaklidagi chiroq dizayni bilan e’tiborni tortadi, bu chiroqlar avtomobilning dadil dizayniga o‘ziga xos tus beradi.
Puxta ishlangan interyer ajoyib qulaylikni ta’minlaydi, chunki uni ishlab chiqishda asosiy maqsad tinchlantiruvchi va qulay muhitni yaratish bo‘lgan.
Panoramik bukilgan displey
Panoramali bukilgan displey asboblar paneli va axborot-ko‘ngilochar displeyini elagant ravishda bir blokga birlashtirib, haydovchiga diqqatni jamlash va e’tiborliroq bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi.
H shaklidagi dizayn
SANTA FE interyerida H shaklidagi dizayn elementlarini ta’kidlanadi va eksteryer ohangi va kayfiyatiga mos keladi. H-Light dizaynini asboblar paneli va ventilyatsiya teshiklarida ham ko‘rish mumkin.
Kapitan o‘rindiqlari va yanada ko‘proq joy.
Ikkinchi qatordagi kapitan o‘rindiqlari dam olish rejimi va elektron boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Uchinchi qatordagi o‘rindiqlar yig‘ilib buklanadi va tekis maydon hosil qiladi.
Uzun g‘ildirak bazasi tufayli SANTA FE keng ichki makonni taklif etadi. Avtomobilning ichki qismi shunday yaratilganki, siz avtomobildan shahar ichkarisida ham, tabiat bag‘rida faol dam olish uchun ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Ko‘proq yuklang va ko‘proq zavqlaning.