Cookie
Sayt cookie-fayllardan foydalanadi. Saytdan foydalanish orqali siz cookie-fayllardan foydalanishga roziligingizni tasdiqlaysiz. Brauzeringiz sozlamalarini o'zgartirish orqali cookiedan foydalanishni rad etishingiz mumkin.
Raqamli orqani ko‘rish ko‘zgusi
Avtomobilning orqa tomoniga o‘rnatilgan kameradan olingan tasvir oynaga uzatiladi. Raqmli orqani ko‘rish ko‘zgusi avtomobil orqasida panoramali ko‘rinishni ta’minlaydi, yukxonadagi buyumlar yoki orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar ko‘rinishga to‘sqinlik qila olmaydi. Kamera funksiyasi va ko‘zgu funksiyalarini osongina almashishingiz mumkin. Bundan tashqari, ko‘zgu tunda yorqinroq ko‘rinishni ta’minlaydi!
Proyeksion displey ( HUD )
Barcha kerakli ma’lumotlar old oynaga proyeksiya qilinadi, bu esa boshqa narsalarga chalg‘imasdan asosiy diqqatni haydashga qaratish imkonini beradi.
Aqlli Kruiz Kontrol (SCC)
Aqlli Kruiz Kontrol (SCC) oldinda ketayotgan avtomobildan keyingi masofani saqlash va haydovchi tomonidan belgilangan tezlikda harakatlanishda yordam beradi. Agar olddagi avtomobil to‘xtasa, u avtomatik ravishda mashinani to‘xtatadi va minimal pauzadan keyin avtomatik ravishda oldindagi avtomobil orqasidan harakat qilishni davom ettiradi.
Aqlli masofaviy parkovka tizimi (RSPA)
Aqlli masofaviy parkovka tizimi old, old, orqa yon va orqa ultratovushli datchiklardan to‘xtash joylarini aniqlash hamda haydovchi avtomobilda bo‘lmagan paytda to‘xtash joyiga masofadan kirish va chiqish uchun avtomobilning rul boshqaruvi, tezligi va kerakli uzatmani tanlashini boshqarish uchun foydalanadi.
2-avlod frontal to‘qnashuvning oldini olish tizimi (FCA 2)
Tizim avtomobil atrofidagi vaziyatni nazorat qiladi va to‘qnashuv xavfi haqida ogohlantiradi. Agar ogohlantirishdan keyin to‘qnashuv xavfi saqlanib qolsa yoki ko‘tarilsa, tizim avtomatik ravishda favqulodda tormozlashni qo‘llaydi. Shuningdek, u quyidagi holatlarda to‘qnashuv xavfi mavjud bo‘lganda avtomatik ravishda rul boshqaruvi manevrlarini bajarishga yordam beradi: tasmani almashtirishda - yaqinlashib kelayotgan yoki oldinda ketayotgan transport vositasi yoki qo‘shni bo‘lakda ketayotgan mototsikl bilan; to‘g‘riga harakatlanayotganda - qisman avtomobil yo‘lida bo‘lgan transport vositasi / mototsikl / piyoda / velosipedchi bilan; tasmani almashtirishda - yon tomonda joylashgan transport vositasi yoki mototsikl bilan.
2-avlod tasmani saqlash tizimi (LFA 2)
Tizim haydovchiga avtomobilni egallangan tasma markazida ushlab ketishda yordam beradi. Beixtiyor tasmadan chiqib ketgan taqdirda, u haydovchini ogohlantiradi va mashinani dastlabki tasmaga qaytarishi mumkin. Bundan tashqari, ruldagi qo‘l sensori (HOD) yordamida haydovchi rulni ushlab turibdimi yoki yo‘qligini niqlash samaradorligi yaxshilandi.
Uzoqni yoritish chirog‘ini avtomatik bosjqarish tizimi (HBA)
Funktsiya atrofdagi yorug‘likni, xususan, yaqinlashib kelayotgan yoki oldinda ketayotgan avtomobilning faralarini aniqlaydi va avtomatik ravishda uzoqni yoritish chirog‘ini yaqqinni yoritish chirog‘iga o‘zgartiradi.
Orqa tomondan ko‘ndalang harakatlanadigan transport vositalari bilan to‘qnashuvning oldini olish tizimi (RCCA)
Agar tizim orqaga harakatlanishda o‘ng yoki chap tomondan ehtimoliy bo‘lgan to‘qnashuv xafvini aniqlasa, u ogohlantirish beradi. Agar to‘qnashuv xavfi oshsa, favqulodda tormoz qo‘llaniladi.
Teskari to‘qnashuvdan qochish yordami (PCA)
Teskari to‘qnashuvni yumshatish tizimi orqaga qaytishda ob’ekt bilan to‘qnashish xavfi mavjud bo‘lsa, sizni ogohlantiradi. Agar ogohlantirishdan keyin to‘qnashuv xavfi saqlanib qolsa yoki kuchaysa, tizim avtomatik ravishda favqulodda tormozlashni amalga oshiradi.
Ko‘rinmas zonada to‘qnashuvining oldini olish tizimi (BCA)
Harakatlanish tasmasini o‘zgartirish paytida, orqa tomondan ko‘rinmas zonada bo‘lgan avtomobil bilan to‘qnashuv xavfi mavjud bo‘lsa, tizim ogohlantiradi. Agar siz parallel to‘xtash joyidan chiqmoqchi bo‘lgan paytingizda avtomobilingiz va orqa tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasi o‘rtasida to‘qnashish xavfi mavjud bo‘lsa, tizim avtomatik ravishda favqulodda tormozlashni amalga oshiradi.
* Haydovchiga yordam berish ilg‘or tizimlari (ADAS) haydash paytida yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, lekin bunda haydovchi rulda hamisha hushyorlikni ta’minlashi shart.
*Yo‘l va atrof-muhit sharoitlariga qarab ba’zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun foydalanuvchi qo‘llanmasiga qarang.
* Haqiqiy texnik xususiyatlar komplektatsiya, quvvat tizimi va tanlangan optsiyalarga qarab farq qilishi mumkin.